Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

Har bir istirohat bog‘i, sayilgoh va xiyobonlarga bepul “vay-fay” o‘rnatiladi

Har bir istirohat bog‘i, sayilgoh va xiyobonlarga bepul “vay-fay” o‘rnatiladi

Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Yoz mavsumida “Yangi O‘zbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.

Shuningdek, jamoaviy sport o‘yinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish bo‘yicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi o‘tkaziladi.

Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, she’rxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi.

Har bir istirohat bog‘i, sayilgoh va xiyobonlarga bepul “vay-fay” o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.

Kiritildi: 17:01 28.06.2024. O'qildi: 942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!