“YANGILIKKA QANDAY QARAYSIZ?”
Zamonlar o‘zgarmoqda, kundan- kunga texnika rivojlanmoqda. Bundan tashqari, har kuni tongda ko‘chaga chiqamiz-u, qandaydir yangi buyumga ko‘zimiz tushadi. Xo‘sh, siz yangiliklarga qanday munosabatdasiz? Ushbu test orqali o‘zingizni tekshirib oling.
1. Restoranga yoxud oshxonaga ovqatlanish uchun keldingiz-u, stol ustida yangicha ovqatga ko‘zingiz tushdi. Bu ovqatning qandayligini aniqlashga urinib ko‘rasizmi?
A) Yo‘q, boshqa ovqatga buyurtma beraman (3 ball)
B) So‘rab o‘tirmayman (1 ball)
V) Ha, bu haqda bilishim shart (2 ball)
2. Internetda yaxshi ishlaysizmi?
A) Boshqalarning yordami bilan ishlayman (2 ball)
B) O‘zimga to‘liq ishongan holda (1 ball)
V) Hali Internetda ishlab ko‘rmaganman (3 ball)
3. Havo shari pastlab kelayotganini ko‘rsangiz, xayolingizga nimalar keladi?
A) Xayriyat, falokatlarsiz qo‘nib oladigan bo‘ldi (2 ball)
B) Men bekordan bekorga hayotimni xavf ostiga qo‘ymagan bo‘lardim (3 ball)
V) Sharda parvoz qilish uchun kutilmagan hodisalarga tayyor turish lozim (1 ball)
4. Kiyim almashtirish sizga rohat baxsh etadimi?
A) Faqat bayramlarda (2 ball)
B) Yo‘q, bu menga yoqmaydi (3 ball)
V) Ha, tez-tez kiyim almashtiriladigan marosimlarni xush ko‘raman (1 ball)
5. Do‘stingiz sizga yangi sport turi bilan shug‘ullanishni taklif qildi. Rozi bo‘lasizmi?
A) Avval bu sport turi bilan biroz shug‘ullanib ko‘rish kerak (2 ball)
B) Yo‘q, qo‘limdan kelmaydi deb qo‘rqaman (3 ball)
V) Bajonidil rozi bo‘laman (1 ball)
6. Uyni kapital ta’mirlashni siz:
A) Mutaxassisga ishonib topshirasiz (1 ball)
B) O‘zingiz ta’mirlaysiz (3 ball)
V) Yaqin do‘stlaringizni taklif etasiz (2 ball)
7. Dunyoning mashhur modalar uylariga tashrif buyurib, yangi kiyimlaringizni ko‘paytirishni istarmidingiz?
A) Yo‘q (2 ball)
B) Albatta (1 ball)
V) Bunday narsalar meni unchalik qiziqtirmaydi (3 ball)
NATIJALAR:
7—11 ball. Yangilikka intilmaysiz. Eskicha yashab qolishni ma’qul ko‘rasiz. Unutmang, bu turishda zamondan orqada qolib jiddiy muammolarga duch kelishingiz mumkin.
12 —16 ball. Yangiliklarga qiziqasiz, ammo me’yoridagina munosabatdasiz.
17 —21 ball. Sinab ko‘rishni yoqtiradigan odamsiz. Hech bir yangilik sizni chetlab o‘tmaydi. Faqat bu narsa hayotingizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishidan ham qo‘rqasiz.
AYOLLAR UCHUN TEST
“RASHK AZOBI SIZGA TANISHMI?”
Ko‘pchilik ayollarimiz garchi oilaviy hayotda jimgina yashasalar-da, qalblarining tub-tubida turmush o‘rtoqlariga nisbatan kuchli rashk o‘ti yonadi. Ular har soniyada erkakning sadoqatiga gumon nazari bilan boqib, o‘zlarini o‘zlari qiynashadi. Quyidagi test shu masalani hal etishda yordam bersa ajab emas.
1. Turmush o‘rtog‘ingiz qisqa muddatga siz emas, do‘stlari bilan qayergadir dam olishga ketmoqchi. Siz unga ruxsat berarmidingiz?
A) Albatta, men erimga ishonaman (1 ball)
B) Erkaklar birga bo‘lganda har qanday narsani kutsa bo‘ladi. Ruxsat bersam-da, mana shu xayol menga azob beraveradi (2 ball)
V) Yo‘ldan qaytarishga urinaman (3 ball)
2. Nimanidir o‘zgartirish maqsadida o‘tmishni ortga qaytargingiz keladimi?
A) Yo‘q, men o‘tmishni eslashni istamayman (1 ball)
B) Ha, shunda hammasini boshidan boshlashga imkon tug‘ilardi (3 ball)
V) Ba’zan shu haqda o‘ylab qo‘yaman (2 ball)
3. Eringiz siznimas, ishxonami, ko‘chadami kimnidir boshqasini afzal ko‘rayotgandek tuyuladimi?
A) Yo‘q (1 ball)
B) Bo‘lib turadi (2 ball)
V) Tez-tez shunday xayolga boraman (3 ball)
4. Yostiqdoshlar bir-biridan sir yashirishi mumkinmi?
A) Ha (1 ball)
B) Hech qachon (3 ball)
V) Bilmadim (2 ball)
5. Muzeyda sizni nima ko‘proq o‘ziga tortadi?
A) Suratlar majmuasi (2 ball)
B) Qurollar kolleksiyasi (3 ball)
V) Tarixiy bo‘lim (1 ball)
6. Dugonangiz lotereya o‘ynab katta pul yutib oldi va sizga maqtana boshladi. Buni qanday qabul qilasiz?
A) Pullarni tejab-tergab sarflashni maslahat beraman (2 ball)
B) Undan uzoqroq bo‘laman (3 ball)
V) Bu munosabatlarimizga putur yetkazmaydi (1 ball)
7. Turmush o‘rtog‘ingiz kutilmaganda sizga guldasta sovg‘a qildi. Sizga bu narsa shubhali tuyulmaydimi?
A) Ha, chunki, u kamdan-kam hollarda gul sovg‘a qiladi (3 ball)
B) Yo‘q (1 ball)
V) Bilmadim (2 ball)
NATIJALAR:
7-11 ball. Sizni hech qachon rashk azoblamaydi. Shaxsiy erkinlikka yaxshi munosabatdasiz.
12-16 ball. Rashkchisiz, ammo tuyg‘ularingizni jilovlay olasiz. Ko‘proq o‘zingizga ishonishga intilasiz.
17-21 ball. Juda ko‘plab ayollarni xavfli raqib deb hisoblaysiz. Rashk sizni sal bo‘lmasa aqldan ozdiray deydi. Natijada uyingizda arzimagan bahona bilan katta janjallar yuzaga keladi.
Manba: hordiq.uz