Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Hamdam Sobirov: «Qornim och holda konsert berardim...» (+video)

Hamdam Sobirov: «Qornim och holda konsert berardim...» (+video)

«Mango» guruhining a’zosi, xonanda va bastakor Hamdam Sobirov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Hamdam Sobirov «Mango» guruhida mashhurlikka erishgan davrida oilasiga moddiy yordam bera olmagani, konsert dasturlarida qorni och holatda qo‘shiq aytgani haqida so‘zlab berdi.

Onam «Mango»da chiqqanimni televizorda ko‘rganlar, juda xursand ham bo‘lganlar. Lekin mening «Mango»da chiqishim hayotimizga hech qanday o‘zgartirish olib kelolmagan. Iqtisodiy jihatdan oilamiz qiyin vaziyatga tushib qolganda, men olib chiqib ketolmaganman.

Masalan, shunday vaziyatlar bo‘lib qolganki, hatto oilamga kerak bo‘lganida 100 ming so‘m ham topib berolmadim. Lekin o‘sha payt «Mango» guruhida qo‘shiq aytardim. Hamma taniydi, men bilan muxlislar rasmga tushadi. Tasavvur qiling, konsertda hamma men bilan rasmga tushyapti, menga «Sen zo‘rsanda, hech kimni pisand qilmaysan», deyishyapti. Lekin ishonasizmi, o‘sha vaqtda cho‘ntagimda bir tiyin pulim yo‘q, qornim och edi. Tezroq borib nimadir yeyman deyman, lekin bu vaziyatni hechkim tushunmaydi.

Odam yulduz bo‘lishi mumkin, lekin yulduz odam doim boy bo‘ladi degani emas. Hamma yulduzlar ham boy emas. Bu narsani qanday baholashni men bilmayman.

Hamdam Sobirov, xonanda, bastakor

Kiritildi: 19:50 26.12.2020. O'qildi: 5715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!