Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

HAMAS o‘zining yangi rahbari nomini oshkor qilishni rejalashtirmayapti

HAMAS o‘zining yangi rahbari nomini oshkor qilishni rejalashtirmayapti

HAMAS o‘zining yangi rahbari nomini oshkor qilishni rejalashtirmayapti.

Harakat vakilining BBC'ga ma’lum qilishicha, xavfsizlik nuqtai nazaridan shunday qarorga kelingan.

HAMASning yangi rahbarligi uchun saylov 2025 yilning mart oyida bo‘lib o‘tadi. Ungacha esa besh kishidan iborat qo‘mita guruh boshqaruvini amalga oshiradi.

2024 yilning iyulida Isroil harbiy kuchlari HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyani va oktyabr oyida uning bu lavozimdagi vorisi Yahyo Sinvarni o‘ldirdi.

BBC'ning eslatishicha, HAMAS 2000 yillar boshida, harakat hammuassisi va rahbari Ahmad Yasin hamda uning vorisi Abdul Aziz Rantisi bir oy ichida o‘ldirilganida ham guruh rahbarining ismini oshkor etmagan edi.

Kiritildi: Bugun 08:50. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!