Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

HAMAS Isroil G‘azodan chiqib ketmaguncha, tinchlik kelishuviga rozilik bermasligini bildirdi

A A A
HAMAS Isroil G‘azodan chiqib ketmaguncha, tinchlik kelishuviga rozilik bermasligini bildirdi

HAMAS vakili kecha jinoyatchi Isroilning so‘nggi taklifini ko‘rib chiqayotganini aytganidan so‘ng, guruhning birinchi bayonotida G‘azodagi tinchlik kelishuvi Isroilning G‘azodan to‘liq chiqib ketishini o‘z ichiga olishi shartligini ta’kidladi.

Sionist mudofaa vaziri Israel Kats Isroil qo‘shinlari G‘azoning bosib olingan hududlarida nomuayyan muddat qolishini va bu joylar "xavfsizlik zonalari" deb atalishini ma’lum qildi. Shuningdek, u G‘azoga hech qanday yordam kiritilmasligini aytib, Isroil HAMASga qarshi bosim vositasi sifatida oziq-ovqatdan foydalanayotganini qo‘shimcha qildi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun tongdan boshlab G‘azo bo‘ylab Isroil hujumlarida kamida 25 kishi, jumladan, G‘azo shahridagi hujumda 10 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 18 oy oldin boshlangan Isroilning G‘azoga qarshi urushida kamida 51 025 falastinlik halok bo‘lgani va 116 343 nafari yaralangani tasdiqlangan.

G‘azo Hukumati Matbuot xizmati o‘lganlar sonini yangiladi. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 61 ming 700 dan oshgan. Xizmat vakillari vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar ham halok bo‘lgan deb taxmin qilinayotganini bildirdi.

Kiritildi: 20:30 16.04.2025. O'qildi: 897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!