HAMAS ilk bor Isroil qo‘shinlari G‘azoda qolgani holda kelishuvga roziligini ma’lum qildi.
WSJ nashri yozishicha, harakat kelishuvga erishilsa, ikki tomondan ozod etiladigan shaxslar ro‘yxatini ham vositachilar orqali taqdim etgan.
Falastin harakatining bunday qarori 27 noyabrda “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasida tuzilgan tinchlik sulhi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Negaki shundan keyin HAMAS Isroilga qarshi yolg‘iz qolgan.