Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

HAMAS G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha vositachilarning taklifini qabul qildi – Reuters

HAMAS G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha vositachilarning taklifini qabul qildi – Reuters

Agentlik bu haqda G‘azo sektori tomonidan bilvosita muzokaralarda vakillik qilayotgan falastinlik guruh yetakchisi Xalil al-Hayyaning so‘zlariga tayanib xabar berdi.

"Ikki kun avval biz Misr va Qatar vositachilaridan taklif oldik. Biz unga ijobiy munosabat bildirdik va uni qabul qildik", – deya agentlik al-Hayyaning mahalliy televideniyeda bergan bayonotidan iqtibos keltiradi.

Avvalroq Reuters manbalari Misr Isroildan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi taklif yuzasidan “ijobiy signallar” olganini xabar qilgan edi. Unga ko‘ra, HAMAS har hafta besh nafar isroillik asirni ozod qilishi kerak.

Isroil rasmiylari vositachilarning taklifi qabul qilinganmi yoki yo‘qligi haqidagi so‘rovga javob bermagan.

Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha uch bosqichdan iborat kelishuvning birinchi bosqichi 19 yanvar kuni kuchga kirgandi. Bu 15 oylik urushdan keyin amalga oshirilgan edi. Uning muddati 1 martda tugadi va ikkinchi bosqich shartlari bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lmadi. 18 mart kuni Isroil G‘azo sektorida bombardimon va quruqlik operasiyalarini qayta boshladi, HAMAS esa Isroilga hujumlarini davom ettirdi.

Kiritildi: 13:31 30.03.2025. O'qildi: 634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!