Isroilning Kan davlat teleradiokompaniyasi manbasi HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning o‘lganini tasdiqladi.
"Sinvar SAXALning G‘azodagi operasiyasi natijasida halok bo‘lganlar orasida bor-yo‘qligini aniqlash nisbatan oson. Chunki u ilgari Isroil qamoqxonalarida bo‘lgan va Isroilda uning DNK namunasi bor", — deya ta’kidladi manba.
Avvalroq, SAXAL G‘azo sektorida HAMASning uch nafar a’zosi yo‘q qilinganini ma’lum qildi, ular orasida HAMAS siyosiy byurosining yangi rahbari Yahyo Sinvar ham bo‘lishi mumkin.