HAMAS AQShning vaqtincha urushni to‘xtatish evaziga garovdagilarni ozod qilish taklifini rad etdi.
HAMASning yuqori martabali a’zosi Naim Basemning ta’kidlashicha, tashkilot AQShning ba’zi garovdagilarni ozod qilish va evaziga vaqtincha o‘q uzishni to‘xtatish hamda gumanitar yordam ko‘rsatish taklifini rad etgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS to‘liq va kompleks o‘q uzishni to‘xtatish hamda harbiy harakatlarni to‘xtatishni kelishuv shartlaridan biri sifatida talab qilmoqda.