Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Hamas AQSh taklifini qabul qildi

Hamas AQSh taklifini qabul qildi

HAMAS G‘azodagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvning birinchi bosqichi boshlanganidan 16 kun o‘tib isroillik asirlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqidagi AQSh taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligiga Hamasning yuqori martabali manbasi ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, guruh Isroildan birinchi navbatda doimiy sulh tuzishni talab qilishdan bosh tortgan. Buning o‘rniga XAMAS kelishuvning olti haftalik birinchi bosqichida sulh bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor.

✍️ Tinchlik muzokaralaridan xabardor Falastin rasmiysining aytishicha, agar Isroil uni qabul qilsa, bu taklif asosli kelishuvga olib kelishi mumkin. Isroil muzokaralar guruhidagi manba hozir kelishuvga erishish uchun real imkoniyat borligini ta’kidladi.

Yangi taklifda vositachilar kelishuvning ikkinchi bosqichi bo‘yicha bilvosita muzokaralar chog‘ida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish, gumanitar yordam yetkazilishi va Isroil qo‘shinlarining olib chiqilishini kafolatlashini nazarda tutadi.

So‘nggi kunlarda AQSH, Isroil va muzokaralarda vositachi sifatida ishtirok etayotgan Qatar o‘rtasida diplomatik aloqalar faollashdi. Mintaqaviy manbaning aytishicha, Bayden ma’muriyati noyabr oyidagi prezidentlik saylovlari oldidan kelishuvga erishmoqchi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Mossad razvedka xizmati rahbari Qatardagi vositachilar bilan birinchi uchrashuvidan qaytganini va muzokaralar kelasi hafta davom etishini tasdiqladi.

Kiritildi: 15:07 06.07.2024. O'qildi: 1529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!