Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Halok bo‘lganlarning aksariyati 5 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalardir"

"Halok bo‘lganlarning aksariyati 5 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalardir"

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga kecha 400 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Bayt Lahiya, Rafah va Jabaliya lageriga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 43508 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Bosqinchilar G‘azo g‘arbida ko‘chirilganlar joylashgan Fahd Al-Sabah maktabiga hujum qildi, 3 kishi halok bo‘ldi. Xon Yunisda ham odamlar bo‘lgan chodirlar o‘qqa tutildi, 9 kishi shahid bo‘ldi.

▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Ramallah, Tulkarm va Nablusga hujum qilmoqda. Al-Qassamning Tulkarmdagi brigadalari ishg‘ol uskunasini portlatib yubordi.

▪️ “Hizbulloh” Isroilga qarshi 16 ta harbiy amaliyot o‘tkazdi. “Nasr-1” raketalari bilan Stella Maris dengiz bazasi va Hayfadagi aeroportga, Karmiyeldagi bazaga hujum uyushtirildi.

▪️Bosqinchilar Bayrut va uning chekka hududlariga 14 marta zarba berdi. Isroil tajovuzi boshlanganidan beri Livanda 3117 kishi halok bo‘ldi.

▪️Bosqinchilar Suriyaning Halabidagi Al-Safira hududidagi tadqiqot majmuasini o‘qqa tutdi.

▪️BMT: G‘azodagi urush qurbonlarining 70 foizi ayollar va bolalardir. Halok bo‘lganlarning aksariyati 5 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.

▪️JSST va BMT hozir ocharchilik hukm surayotgan G‘azo shimoliga oziq-ovqat yetkazib berish yo‘lini ochishga chaqirdi.

▪️Irlandiya Janubiy Afrikaning G‘azodagi genosid bo‘yicha Xalqaro sudga bergan da’vosiga qo‘shilishini bildirdi.

▪️Time of Israel xabariga ko‘ra, sulh bo‘yicha muzokaralar besamar ketgani ortidan Qatar AQSh bosimi ostida HAMAS a’zolaridan mamlakatni tark etishlarini so‘ragan. Qatar tomoni hozircha bu xabarga munosabat bildirgani yo‘q.

▪️Falastin rahbari Mahmud Abbos AQSh prezidentligiga saylangan Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni g‘alabasi bilan tabrikladi.

▪️Ispaniya hukumati Isroilga qurol-yarog‘ tashiyotganlikda shubha qilingan ikkita Maersk Seletar yuk kemasining ispan bandargohlariga kirishiga ruxsat bermadi. HAMAS ushbu qarorni olqishladi.

Kiritildi: 23:45 10.11.2024. O'qildi: 992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!