Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Halabda komendantlik soati joriy etildi

Halabda komendantlik soati joriy etildi

Suriyaning Halab shahrida komendantlik soati e’lon qilindi. Cheklovlar 8 yanvar kuni soat 13:30 dan kuchga kirib, keyingi xabarga qadar amal qiladi.

Suriya armiyasi ma’lum qilishicha, komendantlik soati Shayx Maqsud, Ashrafiya va Bani Zayd tumanlarida joriy etilgan. Fuqarolar PKK/YPG ob’ektlari va pozisiyalaridan uzoqroq bo‘lishga chaqirildi.

Shuningdek, soat 13:30 dan boshlab ushbu hududlarda PKK/YPG pozisiyalariga qarshi harbiy operasiyalar olib borilishi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 14:46 08.01.2026. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!