Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Hajga borishni niyat qilgan bog‘bon mahallaga svetofor o‘rnatdi

Hajga borishni niyat qilgan bog‘bon mahallaga svetofor o‘rnatdi

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani Paxtaobod mahallasida yashovchi Isaqjon Umrdinov serqatnov yo‘ldagi chorrahaga svetofor o‘rnatish tashabbusi bilan chiqdi.
Mahalla ahli esa buni qo‘llab-quvvatladi.

Ko‘pchilikning mushkulini oson qilish, ko‘mak berish savobli ish. Oramizda shunday insonlar borki, ana shunday ezgu ishlarga bosh bo‘ladi.

-Isaqjon ukamiz - mirishkor bog‘bon, "Isaqjon mirob bog‘i" nomli bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi rahbari, -deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Vahobjon Ziyayev. -Bir necha yildan beri muborak haj ziyoratiga borishni niyat qilib yuribdi. U bir xayrli tashabbusni ilgari surib qoldi: qishlog‘imizdan o‘tgan avtomobil yo‘li juda serqatnov, shu chorrahaga svetofor o‘rnatilsa-yu, men shunga homiy bo‘lsam, deb. To‘g‘risi, butun paxtaobodliklar bu ezgu ishdan sevindi. Saxovatpesha insonlar ko‘paysin, deb duo qilyapti xalqimiz.

Mazkur chorraha chindan ham tiqilinch: bir tomonda "Mulla A’lam" masjidi, narigi tomonda esa maktab joylashgan. Chorrahani kesib o‘tish qiyinchilik tug‘dirar edi. Xullas, bu chorrahadan o‘tish juda qiyin edi. Isaqjon akaning beminnat ko‘magi bilan minglab qishloqdoshning mushkuli oson bo‘ldi.

Kiritildi: 09:22 07.09.2021. O'qildi: 1629 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!