Ziyoratchilarni poytaxt aeroportida yaqinlari va qarindoshlari kutib oldi.
Haj ziyoratini ado etgan ilk o‘zbekistonliklar Toshkentga qaytishdi, deya xabar berdi Uzbekistan Airports.
Bortida 245 nafar ziyoratchi bo‘lgan HY-5304 reysi bilan Jiddadan kelgan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining samolyoti 12 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
"Kelgan ziyoratchilarni poytaxt aeroportining uchib kelish zalida yaqinlari va qarindoshlari kutib oldi. Voliyatlardan kelgan ziyoratchilarni zal oldida maxsus avtobuslar kutib oldi", — deyildai xabarda.
Qayd etilishicha, 12-30 iyun kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlariga jami 62 ta reys rejalashtirilgan bo‘lib, ularda 15 150 nafar ziyoratchi Haj safaridan qaytadi.