Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Haftaning eng og‘ir kuni ma’lum bo‘ldi. Bu dushanba emas...

Haftaning eng og‘ir kuni ma’lum bo‘ldi. Bu dushanba emas...

Dushanbani mehnatkashlar uchun eng og‘ir kun deb hisoblash odat tusiga aylanib ulgurgan. Vaholanki, ayni shu kundan ish haftasi boshlanadi.

Biroq psixolog Irina Blinnikova juma kuni ham haftaning eng og‘ir kuni bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda.

Bu haqda mutaxassis Sputnik radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning fikriga ko‘ra, aynan hafta oxiriga kelib xodimlarda ham jismoniy, ham ruhiy charchoq to‘planadi.

Bundan tashqari, keyinroqqa surilgan ishlar ham o‘zlari haqida darak bera boshlashadi. Muhim ishlarni keyinga qoldirish odati o‘z navbatida ish haftasidan charchagan odamda yukni ko‘paytirib, aynan juma kuni tugallanmagan ishlarni yakunlashga majbur qiladi.

Ushbu "strategiya" esa sog‘liqning yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Biroq haftaning so‘nggi ish kuni ham bir qator afzalliklarga ega. Aynan juma kuni odam hafta oxiri va yaqinlashib kelayotgan dam olishdan ilhom oladi, bu esa ishchanlikni oshiradi.

Shuningdek, mutaxassisning ta’kidlashicha, odatda, dushanba haftaning eng og‘ir kuni sifatida qayd etiladi, chunki besh kunlik davr boshida odam dam olishdan ish joyiga keskin o‘tishga majbur bo‘ladi. Natijada ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yiladi.

 

 

 

 

 

 

Kiritildi: 19:59 25.10.2020. O'qildi: 4639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!