Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Hafta boshida O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

A A A
Hafta boshida O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 may kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 14-16 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja issiq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 06:48 20.05.2018. O'qildi: 1677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik