Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Habib Nurmagomedov: "Konor ommaning e’tiboriga loyiq emas"

Habib Nurmagomedov: "Konor ommaning e’tiboriga loyiq emas"

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov TUF 29 shousida Konor Makgregor bilan birga ishtirok etishdan bosh tortgani sababini tushuntirdi.

«Bunday shoular — uning uchun yaxshi e’tibor. Men esa unga e’tibor qaratishlarini xohlamayman. UFC 5 milliard dollar taklif qilgan taqdirda ham men bunga rozi bo‘lmayman. Hatto UFC’ning egalaridan biriga aylantirishsa ham, u yerga bormayman. Konor ommaning e’tiboriga loyiq emas.

U tamom bo‘lgan. Uni 6 oktyabr kuni yakson qilganman va barcha masalani yopganman. Undan keyin menda yangi chaqiruvlar bo‘ldi — Porye, Getji. Ko‘ramiz keyingisi kim bo‘lar ekan, biroq bu Konor bo‘ladi deb o‘ylamayman», — deydi Nurmagomedov.

Rossiyalik yakkakurashchi 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tadigan UFC 254 musobaqasida Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.

Kiritildi: 19:42 13.10.2020. O'qildi: 1763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!