Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Habib Nurmagomedov Dastin Porye bilan jang o‘tkazadi

Habib Nurmagomedov Dastin Porye bilan jang o‘tkazadi

UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari Habib Nurmagomedov 7 sentyabrda Abu-Dabida amerikalik yakkakurashchi Dastin Porye bilan jang o‘tkazadi. Bu haqda UFC matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jang UFC 242 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. 30 yoshli Habib uchun ushbu jang chempionlik unvonining ikkinchi marta himoyalashi bo‘ladi. Bundan avvalroq u 2018 yil 6 oktyabrda irlandiyalik Konor Makgregorni mag‘lub etib, kamarini himoyalay olgandi. 

Habib chempionlik kamarini 2018 yil 7 aprelda amerikalik El Yakvintani mag‘lub etib qo‘lga kiritgan. Hozirda dog‘istonlik yakkakurash jangchisining hisobida 27 ta jangdan 27 ta g‘alaba bor.

30 yoshli Porye 31 ta jang o‘tkazib, undan 25 tasida qo‘li baland kelgan, 5 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Uning ishtirokidagi yana bir jang bo‘lib o‘tmagan deb topilgan. Porye oxirgi o‘tkazgan 5 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 07:14 05.06.2019. O'qildi: 2077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!