Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Gvardiola «Real» murabbiyini o‘ziga og‘dirib olmoqchi

Gvardiola «Real» murabbiyini o‘ziga og‘dirib olmoqchi

Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Real"ning jismoniy tayyorgarlikka javob beradigan ispaniyalik murabbiyi Antonio Pintusni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola shaxsan o‘z murabbiylar shtabini "Real Madrid"da jismoniy tayyorgarlikka mas’ul bo‘lgan hamda jarohatlar va haddan tashqari zo‘riqishlarning oldini olish, shuningdek, chidamlilik va ishlash qobiliyatini oshirishga ixtisoslashgan 61 yoshli Pintus bilan kuchaytirmoqchi. Pintusning ishi hatto NASA'da ham qiziqish uyg‘otdi.

Pintusni "Real"ga Zinedin Zidan olib kelgandi. 2019 yilda mutaxassis Italiyaning “Inter” klubiga o‘tdi va u yerda ikki yil ishladi va Madridga, Karlo Anchelotti yoniga qaytdi.

Kiritildi: 12:02 16.05.2024. O'qildi: 1191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!