G‘uzor tumani hokimi Sa’dulla Boboqulov o‘z arizasiga ko‘ra, egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Viloyat hokimligi axborot xizmatining yozishicha, fidoyi xizmatlari uchun viloyat hokimi S.Boboqulovga rahmat aytib, salomatligini tiklab tez orada ishga qaytishiga tilak bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hokim Sa’dulla Boboqulov sog‘ligida muammo borligi uchun bir muddat vaqtinchalik ta’tilga chiqqandi.