Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Gurlanda hokim yordamchisi va MTB mutaxassisi qo‘lga olindi

Gurlanda hokim yordamchisi va MTB mutaxassisi qo‘lga olindi

Xorazm viloyati Gurlan tuman hokimining yordamchisi U.K. fuqaro U.dan uni tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tizimidagi muassasalarning biriga Gurlan tuman MTM bo‘limining kadrlar bo‘yicha mutaxassisi orqali ishga kiritib qo‘yish evaziga 600 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.

Tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Gurlan tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.

Departament xodimlari tomonidan U.K.ning ko‘rsatmasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, tuman MTM bo‘limining kadrlar bo‘yicha mutaxassisi M.M. tuman hokimi yordamchisi U.K. bilan uchrashib oldindan kelishilgan 600 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan deyilgan xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqarolar U.K. va M.M.larga nisbatan O‘zbekiston JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:40 16.01.2019. O'qildi: 1681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!