"COSCOM" MCHJ ("Ucell" savdo belgisi ostida faoliyat olib boruvchi uyali aloqa operatori) – 100% davlatga tegishli kompaniya. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida bayonot berildi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Iman Karimovlarning maktublari tarqalib va muhokama qilindi.
Ushbu maktubda, xususan, G.Karimova go‘yo "Ucell" aksiyalariga egalik qilishi va hozirgi paytda kompaniya davlat tomonidan emas, boshqa mulkdorlar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilayotgani haqida aytilgan. Ikkala bayonot ham mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
2018 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Shvesiya hukumatiga tegishli Telia guruhidan COSCOM ustav kapitalidagi 100% ulushi 215 million dollarga va Telia guruhining COSCOM kompaniyasiga 485 million AQSh dollari miqdorida qarz majburiyatlarini to‘lab sotib olgan. Bitim bir nechta davlatlarning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilganda, G.Karimova kompaniyaning aksiyalariga aloqasi yo‘qligi aniqlangan.
Shunday qilib, 2018 yil dekabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi vakolatli agentligi orqali COSCOMni Telia kompaniyalar guruhidan sotib oldi va eng muhimi, unga egalik qilishni va boshqarishni davom ettirmoqda. COSCOM-ni sotib olish jarayoni bir qator davlatlarning barcha zarur huquqiy, moliyaviy va tartibga solish talablariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilgan.
Yuqoridagi xatda yagona haqiqat COSCOM muvaffaqiyatli boshqarilib kelinayotganligi. Bir yarim yildan kam vaqt ichida kompaniyamiz O‘zbekiston Respublikasida telekommunikasiya sohasida ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishda haqiqiy etakchiga aylandi.