Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Gulnora Karimovaning qizi O‘zbekistonga qaytdi (FOTO)

Gulnora Karimovaning qizi O‘zbekistonga qaytdi (FOTO)

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan. 

Londonda tahsil olib, istiqomat qilib kelayotgan Imon Karimova Samarqandga borib, bobosi Islom Karimov qabrini ziyorat qilgan. U Instagram’dagi sahifasiga qabrtosh ustiga gul qo‘yayotgan yigit suratini joylashtirgan. 

Gulnora Karimovaning qizi O‘zbekistonga qaytdi (FOTO)Gulnora Karimovaning qizi O‘zbekistonga qaytdi (FOTO)Gulnora Karimovaning qizi O‘zbekistonga qaytdi (FOTO)Gulnora Karimovaning qizi O‘zbekistonga qaytdi (FOTO)

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Islom Karimov qabri joylashgan maqbara ichiga maxsus mehmonlardan tashqari boshqa ziyoratchilarning kirishi taqiqlangan. Imon Karimova bilan maqbara ichiga kirgan yigit Karimovlar oilasiga kim bo‘lishi esa noma’lum. 

Shuningdek, Imon Karimova Islom Karimovning Samarqand shahrida joylashgan shaxsiy hovlisiga ham borgan. 

 

Kiritildi: 16:42 21.04.2021. O'qildi: 14204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!