Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Gulistonda soxta hujjatlar orqali kreditni qo‘lga kiritgan firibgarlar fosh etildi

Gulistonda soxta hujjatlar orqali kreditni qo‘lga kiritgan firibgarlar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan hududiy tijorat banki filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar D.X., D.M. va boshqalar o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida oldindan til biriktirib, “T.” MCHJ rahbari B.ni aldab, MCHJ nomiga kredit olish uchun “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasini fuqaro X.ning nomiga soxta ma’lumotlar kiritish yo‘li bilan garovga qo‘yishib, natijada bank muassasasidan 500 mln so‘m kredit ajratishga erishib, ushbu kredit mablag‘larini shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:39 11.11.2021. O'qildi: 2401 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!