Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Gruziyadagi namoyishda yana 24 kishi hibsga olindi

Gruziyadagi namoyishda yana 24 kishi hibsga olindi

Tbilisi markazida kechagi namoyishda yana 24 kishi hibsga olindi. Bu haqda Gruziya ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi Report.

Shu tariqa, to‘rt kun ichida mamlakat poytaxtida buzg‘unchilik va polisiyaga bo‘ysunmaslik uchun ma’muriy qamoqqa olinganlar soni 224 nafarga yetdi.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari doirasida yana ikki shaxs qo‘lga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 29 noyabr kuni ulardan biri parlament binosiga o‘t qo‘yuvchi narsa uloqtirib, binoning birida yong‘in kelib chiqqan, ikkinchisi polisiyachini pirotexnika vositalari bilan jarohatlagan.

Hibsga olinganlar 17 va 21 yoshda. Ikkinchisi avval ham bir necha marta sudlangan. Ular 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Gruziya ommaviy axborot vositalari muxolifatdagi “Girchi – ko‘proq erkinlik” partiyasi raisi Zurab Japaridzening hibsga olingani haqida xabar berdi.

Kiritildi: Bugun 16:12. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!