Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Gruziya prezidenti diplomatlarni «o‘z tanlovini qilishga» chaqirdi

Gruziya prezidenti diplomatlarni «o‘z tanlovini qilishga» chaqirdi

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili gruziyalik diplomatlarni o‘z tanlovini qilishga chaqirdi.

«Hukumatlar keladi va ketadi. Siz mamlakatni, uning manfaatlarini, o‘tmishi va kelajagini ifodalaysiz va bu juda katta mas’uliyatdir. Men sizga hech narsa o‘rgatmayman va hech narsani ko‘rsatmayman, lekin shuni aytmoqchimanki, oddiy fuqarolar uchun 26-oktabrda g‘ayrioddiy saylovlar bo‘lib o‘tadi va siz uchun tanlash vaqti allaqachon yetib kelgan», — dedi Zurabishvili.

Bu qo‘ng‘iroqdan so‘ng Yevropa diplomatik missiyalarida 18 yillik tajribaga ega bo‘lgan gruziyalik diplomat Irakliy Koplatadze iste’foga chiqdi. U bu qaror sababini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmadi, lekin o‘zining Facebook'da «Xorijiy agentlar to‘g‘risida»gi qonunga qarshi mitinglar shiorini ishlatdi: «Qaerga ketyapmiz?». - «Evropaga!»

Kiritildi: 01:15 23.06.2024. O'qildi: 763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!