Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Gruziya parlamenti Irakliy Garibashvili rahbarligidagi yangi hukumatni tasdiqladi

Gruziya parlamenti Irakliy Garibashvili rahbarligidagi yangi hukumatni tasdiqladi

Gruziya parlamenti navbatdan tashqari yalpi sessiyada Irakliy Garibashvili rahbarligidagi mamlakat yangi hukumatini tasdiqladi, u Vazirlar Mahkamasiga ikkinchi marta rahbar bo‘lishi, deb yozadi «RBK».

«89 kishi yoqladi, 2 kishi qarshi chiqdi. Gruziya parlamenti ishonch bildirdi», — dedi parlament spikeri Archil Talakvadze. Irakliy Garibashvili ikkinchi marta bosh vazirga aylandi.

«Gruziya orzusi» hukmron partiyasi parlamentda 150 o‘rindan 90 tasini egallab turibdi. Ishonch bildirish uchun 75 ovoz kerak edi.

Gruziya hukumatining avvalgi rahbari Georgiy Gaxariya 18 fevral kuni Vazirlar Mahkamasidagi ziddiyatlar tufayli, iste’fo bergan edi.

Ziddiyatlarga muxolifatchi siyosatchi, «Yagona milliy harakat» partiyasi yetakchisi Nika Meliyaning hibsga olinishi sabab bo‘ldi. Bu partiyaga Mixail Saakashvili asos solgan bo‘lib, uning rahbarligi davrida hukmron bo‘lgan, ammo u iste’foga chiqib, emigrasiya qilganidan keyin muxolifat qo‘liga o‘tdi. Nika Meliya 2019 yil 20 iyunda Tbilisida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar haqidagi ish bo‘yicha sud figurantidir. Tartibsizliklarga rasman Gruziya parlamentida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo pravoslav assambleyasi yalpi majlisida Rossiya Davlat dumasi deputati Sergey Gavrilovning qatnashgani sabab bo‘ldi. Gavrilov majlis raisi o‘rnini egallab, uni rus tilida olib borgani muxolifat noroziligiga sabab bo‘ldi va ular norozilik aksiyalarini tashkillashtirdi. Tbilisidagi tartibsizliklarda bir necha yuz kishi jabrlandi.

Nika Meliya norozilik aksiyalari chog‘ida «guruhli zo‘ravonlik»ni tashkillashtirganlikda va «parlamentga hujum uyushtirishga uringanlik»da ayblanmoqda.

Kiritildi: 13:50 23.02.2021. O'qildi: 1197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!