Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Gruziya Marsda uzum yetishtirmoqchi

A A A
Gruziya Marsda uzum yetishtirmoqchi

Gruziya uzum yetishtirishni taklif qilgan holda Marsda olib borilayotgan kosmik tadqiqotlar loyihasiga qo‘shildi, deya xabar berdi Mamlakat milliy muzeyi axborotiga tayanib, “ria.ru”.

Milliy muzeyning ta’kidlashicha, NASA kosmonavtlari allaqachon kosmik stansiyada oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirish bo‘yicha bir nechta muvaffaqiyatli tajribalar o‘tkazgan.

"Gruziyaning bu yo‘nalishda ishlashi mumkin bo‘lgan salohiyati dunyoda noyobdir, chunki u eng qadimgi uzum etishtirish madaniyatidan yaxshigina xabardor", deyiladi xabarda.

Aytilishicha, bu ish yuzasidan Gruziya davlat tuzilmalari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillaridan iborat ishchi guruh tuziladi.

 

Kiritildi: 15:56 20.06.2018. O'qildi: 1758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik