Bu haqda NewsGeorgia ma’lum qildi.
2025 yilning 1 yanvaridan Gruziya parlamenti deputati oyiga 8 250 lari oladi. Bu taxminan 3 ming AQSh dollariga teng. Deputatning maoshi shu paytgacha 4 624 lari edi.
Parlament spikerining maoshi 6 260 laridan 10 ming larigacha oshirildi. Bu taxminan 3,6 ming dollarni tashkil etadi. Parlament qo‘mitalari raislari va fraksiyalar rahbarlariga sal kamroq — 3,3 ming dollardan to‘lanadi.
Hukumat amaldorlarining maoshlari ham oshirildi. 1 yanvardan mamlakat bosh vaziri 13 300 lari (4 800 dollar atrofida), vazirlar 11 305 lari (4 ming dollarga yaqin) maosh oladi.