Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening aytishicha, prezident Salome Zurabishvili dekabr oyida vakolat muddati tugagach, o‘z lavozimini tark etishi kerak. Bir kun avval u «qonuniy saylangan parlament» tuzilmaguncha o‘z lavozimida qolish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.
Salome Zurabishvili amaldagi parlamentni noqonuniy deb hisoblaydi. Noyabr oyi oxirida u mamlakat Konstitusiyaviy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, oktyabr oyidagi saylovlar keng ko‘lamli qonunbuzarliklar bilan o‘tganini da’vo qilib, natijalarni bekor qilishni talab qilgan.
Zurabishvilining prezidentlik muddati rasman dekabr oyida tugaydi. Avvalroq hukmron «Gruziya orzusi» partiyasi Gruziyada prezidentlik saylovlari 14 dekabrda, inaugurasiya esa 29 dekabrda o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Partiya prezidentlikka nomzod sifatida sobiq futbolchi, Rossiya futbol chempioni Mixail Kavelashvilini ko‘rsatdi.