Chorshanba kuni Krit orolida yonayotgan binoda qolib ketgan ikki o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi.
Bu haqda Gresiya o‘t o‘chirish xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, yong‘in mashhur sayyohlik hududi bo‘lgan Retimnoda sodir bo‘lgan. Davlat teleradiokompaniyasi ERT xabariga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga ketayotganlarida alanga ichida qolib ketishgan.
Kuchli shamol tufayli yong‘in tezda atrofga tarqalib, orolning markaziy qismidagi Kria Vrisi qishlog‘iga yaqinlashgan.
Ma’murlar Kria Vrisi kabi uchta yaqin atrofdagi qishloq aholisini evakuasiya qilishni buyurdilar.