Mandra shahrida mahalliy kommunistlar ukrainalik faollar bilan janjallashdi.
Bu haqda "STRANA.ua" xabar bermoqda.
Ukraina fuqarolari elchixona tomonidan tashkil etilgan 1930 yillardagi ocharchilik bilan bog‘liq xotira aksiyasiga chiqishdi.
Ukraina yunon-katolik cherkovining ruhoniysi Igor Posolenik ukrainlar ketayotgan Taras Shevchenko haykali tomon yo‘lni qizil bayroqlar ko‘targan yunon kommunistlari to‘sib qo‘yganini aytdi.
Oxir-oqibat, aksiya barbod bo‘ldi - mahalliy aholi ukrainalik faollarga petarda ota boshladi. Ruhoniy kommunistlar bilan to‘qnashuv natijasida ukrainalik diplomat jabr ko‘rganini ta’kidladi.