Gresiyaning ikkinchi yirik shahri Saloniki chekkasida o‘rmon yong‘ini boshlandi, natijada uchta kichik shaharcha aholisi evakuasiya qilindi.
Gresiya yong‘in xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, turar-joy binolari zarar ko‘rmagan, ammo bir nechta biznesga zarar yetgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, maxsus parvarishga muhtoj 157 kishi evakuasiya qilingan. Yana 120 nafar aholi sport zaliga joylashtirilgan, qolganlari esa ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib ketilgan.
Shuningdek, rasmiylar yong‘inni qo‘zg‘atganlikda gumon qilingan 76 yoshli erkak hibsga olinganini xabar qilishdi.