Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Gresiyada Yevropada ilk o‘zbek hunarmandlik buyumlari do‘koni ochiladi

A A A
Gresiyada Yevropada ilk o‘zbek hunarmandlik buyumlari do‘koni ochiladi

«Hunarmand» uyushmasi vakillari O‘zbekistonning Gresiyadagi bosh konsulligi va Savdo-sanoat palatasi ko‘magida mazkur mamlakatga safar uyushtirdi. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad Afinada o‘zbek hunarmadlik buyumlari, jumladan, gilamlar, so‘zanalar, milliy liboslar, keramika va boshqa suvenir mahsulotlari sotish bo‘yicha savdo uyini ochish imkoniyatini o‘rganish bo‘ldi.

Safar doirasida shaharning sayyohlar eng gavjum hududlari — Plaka, Monastiraki va Kolonakida suvenirlar sotuvi bilan shug‘ullanadigan qator grek kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Mezbonlar o‘zbek suvenirlari va gilamlari namunalari bilan tanishtirildi.

Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha Afinada, Plaka hududida o‘zbek hunarmandlari savdo uyini ochish haqidagi kelishuvga erishildi. Yaqin orada bu yerga O‘zbekistondan suvenirlar va gilamlarning ilk turkumi jo‘natiladi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 11:31 09.06.2018. O'qildi: 1739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!