Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Gresiya hukumati AQShdan 20 ta F-35 qiruvchi samolyotini sotib oladi

Gresiya hukumati AQShdan 20 ta F-35 qiruvchi samolyotini sotib oladi

Gresiya hukumati AQShdan taxminan 3,5 milliard dollarga 20 ta F-35 qiruvchi samolyotini sotib olishni ma’qulladi.
AQSh o‘tgan yanvar oyida Gresiya uchun taxminiy qiymati 8,6 milliard dollar bo‘lgan 40 tagacha F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olishni ma’qullaganidan so‘ng, Gresiya hukumati birinchi 20 ta F-35 qiruvchi samolyotini 3,5 milliard dollarga sotib olishni ma’qulladi.
Gresiya Mudofaa vaziri Nikos Dendias, Afina yaqinidagi harbiy havo bazasini ziyorati chog‘ida qilgan bayonotida, ushbu sotib olishning «mintaqada kuchli to‘siq» yaratishini ta’kidlab, shartnomani qabul qilish maktubi imzolanganini va yuborilganligini aytdi.
AQSh 2028 yilda Gresiyaga birinchi samolyotni yetkazib berishni boshlashi kutilayotgan bo‘lsada, Gresiya kelishuv doirasida qiymati 8,6 milliard dollarga teng yana 20 ta F-35 sotib olish imkoniyatiga ega.
Gresiya hukumati voizi Pavlos Marinakis, xaridni Gresiyaning harbiy modernizasiyasi doirasidagi «so‘nggi yillar»ning eng muhim qadami deb ta’riflab, «Mamlakatimizni jihozlash va mudofaasini kuchaytirish uchun bu buyuk dasturni amalga oshirishda davom etamiz» dedi.

F-35 dasturi ishtirokchi sifatida yoki sotish orqali hozirda AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Niderlandiya, Kanada, Avstraliya, Daniya, Norvegiya, Isroil, Yaponiya, Janubiy Koreya, Belgiya, Polsha, Singapur, Finlyandiya, Shveysariya, Germaniya, Chexiya va Gresiya mavjud.

Kiritildi: 06:04 27.07.2024. O'qildi: 524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!