Grenlandiya va Kanada: Arktika uchun kurash boshlandi.
1. Kelajakda Yevropa Ittifoqi Grenlandiya va Kanadani rivojlantirib, Amerika ustidan geostrategik ustunlikka erishishi mumkin.
2. Iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda, asr oxiriga kelib Arktikada hatto uzum navlarini yetishtirish mumkin bo‘ladi, bu Arktikaning yashashga yaroqli bo‘lishini anglatadi.
3. Arktika chegaralari hali ham dolzarbdir. Rossiya ham, Xitoy ham Arktikada o‘zining hukmronligini o‘rnatishga harakat qilmoqda. Kanada va Grenlandiya ustidan nazorat AQShni Shimoliy qutb doirasidagi Rossiya bilan tenglashtiradi.
4. Eng asosiysi Arktika sayyoramizning eng kam o‘rganilgan qismidir. Arktikadagi mavjud resurslar oddiy insonlar uchun qorong‘u.
5. Bugungi kunda Arktika yerning boshqa nuqtalariga nisbatan to‘rt barobar tezroq isimoqda. Ayrim tadqiqotchilar Arktika muzliklarining erishi potensial o‘lim viruslarini «ozod qilishi» mumkin deb hisoblamoqda. Virus orqali hukmronlik qilish usulini esa insoniyat bir marta boshidan o‘tkazdi