Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Grenlandiya Daniyadan uzoqlashmoqchi

Grenlandiya Daniyadan uzoqlashmoqchi

Grenlandiya bosh vaziri Mute Egedening fikricha, orol Daniyadan mustaqillikka erishish uchun harakat qilishi kerak. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

“Tarix va bugungi sharoitlar Daniya bilan hamkorligimiz to‘liq tenglikni yaratishga olib kelmaganini ko‘rsatdi. O‘zimiz olg‘a siljish va kelajakni qurish vaqti keldi…", - dedi Egede.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mustaqillik haqidagi qaror Grenlandiya xalqi tomonidan qabul qilinishi kerak, ammo ovoz berish qachon o‘tkazilishi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.

Reuters ta’kidlaganidek, bunday bayonotlar Arktika orolining kelajagi haqidagi ritorikada sezilarli o‘zgarish bo‘ldi.

Grenlandiya 1953 yilgacha Daniya mustamlakasi edi. Hozir u Daniyaning o‘zini o‘zi boshqaradigan hududi bo‘lib, 2009 yilda ovoz berish yo‘li bilan mustaqillikni e’lon qilish huquqini qo‘lga kiritdi. 2023 yilda Grenlandiya hukumati konstitusiyaning birinchi loyihasini taqdim etdi.

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bir necha bor Daniyadan Grenlandiyani sotib olish istagini bildirgan.

The New York Post gazetasi AQShning bo‘lajak prezidentining yaqin hamkorlariga tayanib, Tramp Grenlandiyani sotib olishda “100 foiz jiddiy” ekanini yozdi.

Kiritildi: 21:29 05.01.2025. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!