Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qoshidagi Dezinformasiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Ukraina tomoni Google'ga xaritalardagi rasmlarni tuzatish talabi bilan murojaat qilgan.
"Google vakillari ommaviy axborot vositalarida tegishli xabarlar paydo bo‘lganidan keyin Ukraina rasmiylari bog‘lanib, vaziyatni hal qilishga va’da berishdi", — deya aniqlik kiritdi Kovalenko.
Xaritalarda paydo bo‘lgan Ukrainaning sun’iy yo‘ldosh tasvirlari 2023 yilning kuzida olingan. “RBK” nashrining yozishicha, hozirda Google Maps'da Kiyevning Julyani aeroportidagi havo hujumidan mudofaa tizimlarini, shuningdek, Xmelniskiy viloyatidagi Starkonstinatinovo aeroporti hududidagi samolyotlar va boshqa ob’ektlarni ko‘rish mumkin.