Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Gonkongdagi yong‘in: bedarak yo‘qolgan 159 kishi tirik ekan

Gonkongdagi yong‘in: bedarak yo‘qolgan 159 kishi tirik ekan

Gonkong polisiyasi 26 noyabrda Wang Fuk Court turar-joy majmuasida yuz bergen yirik yong‘in natijasida avval bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan 159 nafar insonning xavfsizligini tasdiqladi, deya xabar beradi Sinxua agentligi.

Mahalliy polisiya matbuot kotibi Szen Shusyan matbuot anjumanida yong‘in qurbonlari soni 146 kishiga yetganini, yana 79 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Halok bo‘lganlar orasida kamida yetti nafar Indoneziya fuqarosi va bir nafar Filippin fuqarosi bor. Shuningdek, qurbonlar orasida o‘t o‘chiruvchi ham bor. Yana 12 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohatlangani aytilmoqda.

Shu bilan birga, jabrlanganlarga yordam berish maqsadida Xitoy Xalq banki Xitoyning ichki hududlaridan yuanlarda kelayotgan xayriyalar uchun "yashil yo‘lak" ochdi.

Echim tijorat banklariga tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirmasdan turib, «Xunfuyuan» qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisob raqamiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ o‘tkazish imkonini beradi. Tegishli ma’lumotlar yuanlardagi transchegaraviy to‘lovlarni boshqarish axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Wang Fuk Courtdagi yong‘in shahar tarixidagi eng halokatli turar-joy binosidagi yong‘in bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 140 nafardan oshgan.

Kiritildi: 21:15 01.12.2025. O'qildi: 512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!