Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

GM Uzbekistan "Cobalt"ni yangilamoqchi

A A A
GM Uzbekistan "Cobalt"ni yangilamoqchi

GM Uzbekistan’ning Xalqaro press klub materialida xabar berishicha, ayni damda kompaniya tomonidan Cobalt modelini yangilash loyihasi ishlab chiqilmoqda.

GM Uzbekistan AJ doimiy ravishda yangi modellar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish va yangilangan modellar asosida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini ko‘paytirib borish ishlarini amalga oshiradi, deyiladi xabarda. 

Shu bilan birga, yangi mahsulotni joriy etish uchun batafsil o‘rganish va tegishli texnik-iqtisodiy asosni tayyorlash zarur. Bunday tadqiqotlar natijalari asosida tegishli davr uchun davlat va tarmoq investisiya dasturlariga yangi investisiya loyihalarini kiritish takliflari kiritilgan.

“Cobalt modelini yangilash loyihasi hozirda ishlab chiqilmoqda. Loyihani rejalashtirish muddatlari belgilangan tartibda tasdiqlanadi, chunki loyiha muddati o‘zgaradi”. - deyilgan xabarda.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 13:13 09.08.2018. O'qildi: 1885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!