Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

GM Uzbekistan 1 avgustdan avtomobillar narxini oshirmaydi

A A A
GM Uzbekistan 1 avgustdan avtomobillar narxini oshirmaydi

«O‘zavtosanoat» kompaniyasining rasmiy saytida GM Uzbekistan avtomobillari narxi oshirilmasligi ma’lum qilindi.

«1 avgustdan GM Uzbekistan avtomobillari narxi oshirilmaydi», – deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 30 iyul kuni Xalqaro press-klubda o‘tgan yig‘ilishda kompaniya raisi Shavkat Umurzoqov 1 avgustdan narxlar o‘rtacha 14%ga oshirilishini xabar qilgandi.

Ushbu masala mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda har tomonlama o‘rganib chiqilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan narxlar ro‘yxati ishonchli emas, deya ta’kidlaydi kompaniya. 

Lion Motors Angren avtosalonidan UZ24'ga ma’lum qilishlaricha, avtomobillarning yangi narxlari tasdiqlangan prays-list hozircha ularga berilmagan, 2 yoki 3 avgust kunlari yetkazilishi aytilgan. 

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 17:41 01.08.2018. O'qildi: 2626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!