Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Globe Soccer Awards. Mbappe — 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi

A A A
Globe Soccer Awards. Mbappe — 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi

Fransiya terma jamoasi va «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan Globe Soccer Awards mukofotini oldi.

O‘tgan yili fransiyalik futbolchi barcha turnirlarda 51 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi, parijliklar bilan Fransiya kubogi va superkubogini, shuningdek, Fransiya terma jamoasi bilan Millatlar ligasini qo‘lga kiritdi.

Mbappe joriy mavsumda Liga 1da 17ta o‘yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi va 8ta golga assistentlik qildi. Uning "PSJ" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha hisoblangan.

Kiritildi: 00:00 28.12.2021. O'qildi: 1854 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!