Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Germaniyadagi NATO bazasida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Germaniyadagi NATO bazasida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

NATO josus samolyotlari joylashgan Germaniya g‘arbidagi Gaylenkirxen aviabazasi ehtimoliy tahdid tufayli xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

«Biz potensial tahdidni ko‘rsatuvchi razvedka ma’lumotlariga asoslanib, NATOning Gaylenkirxen havo bazasida xavfsizlikni kuchaytirdik», — deyiladi baza ijtimoiy tarmoqdagi X postida.

O‘tgan hafta Germaniyaning Kelndagi harbiy bazasi vodoprovod suvining ifloslanganligi va ehtimoliy qo‘poruvchilik gumonlari tufayli bir necha soatga yopilgan edi. Sinov natijalari suvning ifloslanmaganligini ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, NATO Gaylenkirxendagi bazaga suqilib kirishga urinish haqida e’lon qildi. Buni qilmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu ikki hodisa o‘rtasidagi aloqa o‘rnatilmagan.

Kiyevning asosiy ittifoqchisi bo‘lgan Germaniya Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng qo‘poruvchilik va harbiy nishonlarga hujum qilish uchun yuqori shay holatda.

Aprel oyida Germaniya Rossiya foydasiga josuslik qilish va ukrainalik harbiylar tayyorlanayotgan ob’ektlarda qo‘poruvchilik tayyorlaganlikda gumonlangan ikki kishini hibsga oldi.

Kiritildi: 06:42 23.08.2024. O'qildi: 1002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!