Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniyada turar joy binosiga meteorit tushdi

Germaniyada turar joy binosiga meteorit tushdi

Germaniya g‘arbidagi Reynland-Pfalz federal yeridagi Koblens shahrida 8 mart kuni kechqurun turar-joy binosi tomiga meteorit tushdi.

ZDF Heute'ning aniqlik kiritishicha, meteorit bo‘lagi tomni teshib o‘tgan, so‘ngra uyning yotoqxonasiga tushgan, ammo bu xonada odamlar bo‘lmagan.

Polisiya vakili DPA agentligiga qulagan meteoritlar boshqa hududlardagi tomlar va uylarga ham zarar yetkazganini bildirgan. Bunday xabarlar, xususan, Xunsryuk va Ayfel tumanlaridan kelgan.

Kayzerslautern polisiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, guvohlar osmonda "olovli chaqnashlar" haqida xabar berishgan, ba’zilar esa bu raketa bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqishgan, biroq xavfsizlikka nisbatan tahdid alomatlari aniqlanmagan.

Kiritildi: 16:21 09.03.2026. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!