Bugun 6 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Germaniyada saylov oldidan 16 nomzod vafot etdi

Germaniyada saylov oldidan 16 nomzod vafot etdi

Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtatida sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan munisipal saylovlar oldidan 16 nomzod vafot etgan.

Asosiy raqib “Germaniya uchun muqobil” o‘ng qanot muxolifat partiyasidan 7 nafar nomzod vafot etgan. Bu holat ushbu partiya vakillariga qarshi fitna uyushtirilgani haqida shubhalarga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi Build.

Mahalliy hokimiyat bu yerda hech qanday “g‘alatilik” payqamagan. Saylovlar oldidan nomzodlar vafot etishi bo‘lib turadigan voqea. Lekin bu safar haqiqatdan ham o‘limlar soni odatdagidan ko‘proq.

Polisiya aniqlashtirishiga ko‘ra 4 nafar nomzod tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan, qolganlar tekshirilmoqda.

Kiritildi: 15:37 05.09.2025. O'qildi: 980 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!