Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili xorijiy va ixtisoslashtirilgan til sifatida o‘rgatiladi

Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili xorijiy va ixtisoslashtirilgan til sifatida o‘rgatiladi

O‘zbekiston va Germaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Germaniyadagi Ming Cheng institute direktori, professor Ming Chengning O‘zbekistonga ishchi safari tashkil etildi.

Germaniya tomoni tashrif davomida Toshkent davlat pedagogika universiteti, Andijon davlat universiteti va Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar natijasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

Hujjatlar Ming Cheng institute va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni, xususan madaniyat, ta’lim, tadqiqot, fan va biznes yo‘nalishlarida rivojlantirish o‘z ichiga oladi. Shuningdek, imzolangan ikki tomonlama shartnomalar doirasida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida nemis tilini chet o‘rganish, O‘zbekiston kasb-hunar maktablarida dual kasbiy ta’lim dasturlarini targ‘ib qilishni nazarda tutadi.

Hamkorlik doirasida Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar va ushbu mamlakatda ta’lim olmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchilari va talabalari uchun nemis tilini xorijiy va ixtisoslashtirilgan til sifatida o‘rgatiladi.

Uchrashuvlar davomida joriy aprel oyida Germaniyaning Galle shahridagi Ming Cheng institute kampusida bo‘lib o‘tadigan Germaniya-O‘zbekiston rektorlarining birinchi forumida mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ishtiroki masalalari ham muhokama qilindi.

Kiritildi: 06:34 27.04.2024. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!