Germaniyada hukmron koalisiyani qo‘llab-quvvatlovchi nemis aholisi soni 2021 yilgi saylovlardan beri eng past darajaga yetdi va 37 foizni tashkil etdi.
Buni Bild am Sonntag gazetasiga taqdim etgan Insa instituti tadqiqoti natijalari tasdiqlaydi.
Qayd etilishicha, respondentlardan yaqin orada saylovlar o‘tkazilsa, qaysi partiyaga ovoz berishlari so‘ralgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlarning atigi 37 foizi hukmron partiyani qo‘llab-quvvatlardi.
Sentyabr oyi boshida Germaniyada hukmron koalisiyaning mashhurlik reytingi Bundestagga 2021 yilgi saylovlardan buyon eng past darajaga (38%) tushib ketdi.