Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Germaniyada chap qo‘l bilan nasistcha salomlashish taqiqlandi

Germaniyada chap qo‘l bilan nasistcha salomlashish taqiqlandi

Hamm shahridagi Shimoliy Reyn-Vestfaliya oliy hududiy sudi chap qo‘l bilan nasistcha salomlashishni taqiqladi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Germaniya Jinoyat kodeksi milliy sosializm ramzlari, jumladan, nasistcha salomni ham taqiqlaydi. Adolf Gitler bunday salomlashishni o‘ng qo‘lini oldiga cho‘zgan holda berilgan.

2022 yilning kuzida G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining Myunsterdagi yig‘ilishi chog‘ida so‘l faollar norozilik namoyishi o‘tkazgan. Ularni Bremenning 51 yoshli fuqarosi kutib olganida, u faollar tomon chap qo‘l bilan nasistcha salom bergan. Shu tariqa u Gitlerday o‘ng qo‘l bilan salomlashishga qo‘yilgan taqiqni chetlab o‘tmoqchi bo‘lgan.

Erkak javobgarlikka tortilgan va unga 600 yevro jarima belgilangan. U bir necha bor apellyasiya topshirgan. 3 iyul kuni sud nasistlarning chap qo‘l bilan salom berishini ham noqonuniy deb topgan. Erkakning hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Kiritildi: 10:19 04.07.2024. O'qildi: 1082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!