Sigirlar odatda bitta, kamdan-kam hollarda ikkitadan bolalaydi. Uchta buzoq tug‘ilishi ehtimoli — 7000:1. Germaniya shimolidagi Shyonkirxen shaharchasi (Shlezvig-Holshteyn yeri) yaqinida joylashgan fermadagi Astrologinya laqabli sigir esa naq to‘rtta buzoq tug‘di.
Aytilishicha, to‘rtta buzoq tug‘ilishi 11 millionta holatda 1 marta yuz beradi. Shunda ham sigir yoki buzoqlar nobud bo‘lishi mumkin, biroq ushbu holatda hammasi joyida — sigir va buzoqlari soppa-sog‘.
Fermer Kristian Shlyuter buzoqchalarga Edvard, Yudjin, Elizabet va Eylin deya nom qo‘ydi.