Germaniyada Alisher Usmonovning yaxtasidan 30 ta kartina garovga olindi. Ularning umumiy qiymati 5 million yevroga baholanmoqda.
Germaniya tadbirkor Alisher Usmonovga tegishli "Dilbar" superyaxtasidan qiymati besh million yevroga teng 30 ta kartinani garovga oldi. Bu haqda Germaniyaning Suddeutsche Zeitung gazetasi xabar bermoqda.
Garovga olingan kartinalar orasida rassom Mark Shagallning asarlari ham bor. 2021 yilda yaxta Gamburgda kapital ta’mirdan o‘tkazilayotgani sababli kartinalar ekspeditorlik kompaniyasining omborida bo‘lgan.
600 million dollarlik "Dilbar" yaxtasining o‘zi Bremenda. Sentyabr oyining oxirida u yerda qidiruv ishlari olib borildi. Germaniya hukumati mart oyida Usmonov Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilganidan keyin yaxtani garovga olgan.
Tergovchilar Usmonov Germaniyada yashab, soliq to‘lash majburiyati borligini aniqlashga harakat qilishgan. Germaniya rasmiylari rossiyalik tadbirkor 2014 yildan beri kamida 555 million yevro soliq to‘lamagan deb taxmin qilmoqda.
Usmonovning vakili tadbirkorga qo‘yilgan ayblovlarni asossiz deb ta’kidlamoqda.